Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushxabar: Qur’oni karim bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etildi

Xushxabar: Qur’oni karim bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etildi

Foto:«Xutba.uz»

2021-yilning 3-iyul kunidan boshlab, Imom Buxoriy nomli Toshkent islom instituti va «Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasasida qo‘shimcha «Qur’oni karim va tajvid» kurslari tashkil etildi.

Mo‘min-musulmonlarimiz shu yil 3-iyul kunidan mazkur diniy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari mumkin (Toshkent islom instituti telefon raqami 71-227-23-47, «Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasasi telefon raqami 71-249-30-90).

Eslatib o‘tamiz, 2018-yildan respublikamizdagi 12 ta – oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari, 5 ta – ilmiy maktablarda «Qur’oni karim va tajvid» kurslari faoliyat olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring