Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xususiy bandlik agentliklari tugatilishi mumkin

Xususiy bandlik agentliklari tugatilishi mumkin

Bugun mamlakat Bosh vaziri Abdulla Aripov «HUMAN» xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rgan bir guruh fuqarolar bilan uchrashgani haqida xabar bergandik.

Muloqotda chog‘ida hukumat rahbari O‘zbekistondagi barcha xususiy bandlik agentliklarini tugatish bo‘yicha Prezidentga taklif kiritilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bundan keyin tashqi mehnat migratsiyasi bilan faqat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi shug‘ullanishi maqsadga muvofiqdir. Zero, xususiy bandlik agentligi faoliyatida firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘paygani kuzatilmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga 2018-yil kuzidan boshlab ruxsat berilgan edi. O‘tgan qisqa vaqt mobaynida 65 ta tadbirkorlik sub’yektiga fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berilgan. Bugunga kelib, oltita xususiy bandlik agentligi mansabdorlari ustidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Ulardan jabr ko‘rgan fuqarolarning soni bir necha mingni tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring