Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uchun gaz arzonlashi mumkin

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uchun gaz arzonlashi mumkin

1 kub metr uchun belgilangan tarifni 600 so‘mdan 320 so‘mgacha pasaytirish taklif qilinmoqda. Bu haqda «Norma» ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Monopoliyaga qarshi qo‘mitaga mahalliy qozonxonalar uchun foydalaniladigan gaz narxi oshirilganligi sababli so‘nggi paytda aholi va XUMShdan shikoyatlar kelib tushgan.

Qo‘mita vaziyatni o‘rganib, isitish maqsadida mahalliy qozonxonalarda tabiiy gazdan foydalangan XUMSh ulgurji iste’molchilarga tenglashtirilib, 1 kub metr uchun 600 so‘mlik tarif bo‘yicha haq to‘lashini aniqladi. Ayni paytda aholi kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan tabiiy gaz qiymati 1 kub metr uchun 320 so‘mni tashkil etadi.

Narxlardagi notenglikni bartaraf etish maqsadida qo‘mita Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi. U qabul qilingan taqdirda mahalliy qozonxonalarga ega bo‘lgan barcha XUMSh gaz haqini aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha: 1 kub metr uchun 320 so‘mdan to‘laydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring