Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana is gazidan zaharlanish: bir ayol vafot etdi

Yana is gazidan zaharlanish: bir ayol vafot etdi

Foto: «OTV»

Kecha, 8-noyabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Yangiovul qishlog‘ida is gazidan zaharlanish holati qayd etildi.

Ushbu qishloqda yashovchi nafaqaxo‘r A.I. uyida birga yashovchi ikki nafar voyaga yetmagan nabiralari bilan birgalikda uxlab yotganlarida, uyi oshxonasiga o‘rnatilgan gazli suv isitish moslamasidan (AGV) is gazi sizib chiqqan. Xonadan mo‘ri chiqarilmaganligi sababli zaharli gaz uy ichiga to‘plangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, A.I. zaxarlanib, voqea joyida vafot etgan, uning nabiralari esa is gazidan zaharlangani tufayli, kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring