Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi haydovchilik guvohnomasini olish uchun qancha vaqt va mablag‘ talab etiladi?

Yangi haydovchilik guvohnomasini olish uchun qancha vaqt va mablag‘ talab etiladi?

Yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomasi

Foto: «Sputnik»

Yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomalarini berish tizimi yana ishga tushdi, deb xabar qilmoqda «Voditeli Tashkenta» guruhi a’zolariga tayanib «Sputnik».

«Haydovchilik guvohnomasi olish jarayoni biroz osonlashgan. Soat 14:00 da yetib keldim. Ariza yozishga 2 daqiqa vaqt ketdi. Undan so‘ng kassaga pul to‘ladim. Bunga  kassada navbat bo‘lgani tufayli 10  daqiqa vaqt ketdi. Keyin hujjatlarni 3-xonaga topshirdim – 15 daqiqa. So‘ng 5-kabinetda suratga tushdim – yana 10 daqiqa. O‘sha yerda barcha hujjatlarni qoldirdim. Keyin kutib turdim. Umuman hamma yugur-yugurga 2 soatdan kam vaqt va 126 ming so‘m pul ketdi», — deb yozib qoldirgan Dilshod Nasirov nomli foydalanuvchi.

Uning aytishiga ko‘ra, yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun pasport, haydovchilik guvohnomasi, talon va ekzamen varaqasi kerak bo‘lgan xolos. To‘langan pulning 121 ming so‘mi kassaga 5 ming so‘mi ariza to‘ldirishga ketgan.

«Shundan boshqa hech qanday ma’lumotnoma yoki sizni bir yildan ortiq haydovchilik tajribangiz borligini tasdiqlaydigan avtomobil texpasporti  kerak emas!», — deya qayd etgan guruh a’zosi.

Izohlar 5

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring