Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirishning yakuniy muddati ma’lum qilindi

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirishning yakuniy muddati ma’lum qilindi

Aholi o‘rtasida haydovchilik guvohnomalarini almashtirish muddati 2019-yil 1-yanvarga qadar, deya noto‘g‘ri ma’lumot tarqalgan.

Davlat xizmatlari agentiligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga soddalashtirilgan tartibda almashtirish 2021-yil 1-yanvarga qadar davom etadi.

Bundan tashqari, ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda mazkur xizmat Mirobod, Yunusobod, Uchtepa hamda Shayxontohur tuman Davlat xizmatlari markazlari bilan bir qatorda Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumani Davlat xizmatlari markazlari orqali ham joriy etildi.

Aholiga qulaylik yaratish hamda navbatlarni oldini olish maqsadida Toshkent shahrining barcha tuman Davlat xizmatlari markazlari orqali shu haftaning oxiriga qadar mazkur xizmat joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Navbatdan tashqari xizmat ko‘rsatilishi uchun qo‘shimcha pul to‘lanishi bekor qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring