Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiya bosh vaziri aholidan uzr so‘radi

Yaponiya bosh vaziri aholidan uzr so‘radi

Foto: «EPA-EFE/Hiro Komae/POOL»

Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga 14-dekabr kuni sakkiz kishi, jumladan, hukmron Liberal-demokratik partiya bosh kotibi Tosixiro Nikai ishtirok etgan ko‘p kishilik kechki ovqatda qatnashgani uchun uzr so‘radi. Chorshanba kuni Tokioda hukumat rahbarining o‘zi jurnalistlarga bu haqda ma’lum qildi.

«Garchi kechki ovqat ishtirokchilari orasida yetarlicha masofa bo‘lsa-da, ushbu voqea aholi o‘rtasida tushunmovchilikni keltirib chiqarganidan chin dildan afsusdaman», — deya javob berdi Suga koronavirus tarqalayotgan sharoitda bunday marosim o‘rinlimi degan savolga.

«Kyodo» agentligining ta’kidlashicha, avvalroq hukumat Yaponiya aholisini kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida ko‘p odamlar davrasida ovqatlanishdan saqlanishga chaqirgandi.

Yaponiyada koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat noyabr oyidan yomonlasha boshladi. Umumiy kasallanganlar soni 185,4 ming kishidan oshdi, 2,4 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring