Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya xalqaro universitetiga qabul imtihonlari boshlandi

Yaponiya xalqaro universitetiga qabul imtihonlari boshlandi

Yaponiya xalqaro universitetida biznes boshqaruvi, moliya, IT, pedagogika va turizm sohalarida yetuk mutaxassis bo‘lish istagidagi abituriyentlar uchun qabul imtihonlari boshlandi.

Japanese International University (JIU)  - xalqaro standartlariga asoslangan zamonaviy universitet bo‘lib, boshqa universitetlardan ta’lim berish metodi hamda dasturi bilan farqlanadi. Universitet ta’lim jarayonini «qog‘ozdagi nazariya»ga asoslangan o‘qitish tizimidan farqli ravishda «Amaliyotda qo‘llangan nazariya» shaklda o‘tkazadi.

O‘quv mashg‘ulotlari faqat amaliy tajriba va bilimga ega bo‘lgan professor o‘qituvchilar, soha bo‘yicha mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

Grant yutib olish imkoniyati

Yaponiya xalqaro universiteti iqtidorli talablarga grant asosida o‘qish imkoniyatini taqdim etadi. Imtihonda yuqori natijaga erishgan TOP o‘rinlardagi abituriyentlar 80 foizgacha grantga ega bo‘ladi. Umumiy kontrakt miqdori 25 mln so‘mni tashkil etib, abituriyentlar 20 mln so‘mgacha grant yutib olishlari mumkin.

Xalqaro universitet xalqaro maydonga yo‘l ochadi

Japanese International University  xalqaro universitet sifatida talabalarga ta’limni xorijda davom ettirishlari uchun ham imkoniyat taqdim etadi. Talabalar 2-kursni «Work and Study» (O‘qi va ishla) loyihasi doirasida Yaponiyada davom ettirishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, talabalar yozgi ta’tilda «Work and Travel» dasturi orqali AQShda ishlab, sayohat qilishlari mumkin. Eng asosiysi, universitetni yuqori ko‘rsatkichlar bilan yakunlagan bitiruvchilarni Yaponiyaning nufuzli kompaniyalarida yillik maosh o‘rtacha $30000 bo‘lgan ish bilan ta’minlanadi.

Imtihon topshirish muddati

Yaponiya xalqaro universitetining navbatdagi imtihoni 2023-yilning 25-fevral kuni ingliz tili fanidan bo‘lib o‘tadi. Imtihonda ishtirok etish uchun abituriyentlardan 2023-yilning 22- fevraliga qadar ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi. IELTS 5,5 va undan yuqori balli sertifikatiga yega bo‘lgan abituriyentlar esa imtihonsiz qabul qilinadi. Imtihon savollarini shu yerda yuklab olishingiz mumkin.

«Ustozsiz yetti kunlik yo‘l, yetti yilda bosib o‘tiladi»

Yaponiya xalqaro universitetida amaliy tajribaga ega bo‘lgan ustozlardan tahsil olib, to‘rt yil umringizni amaliyotda qo‘llanadigan manfaatli bilim olishga sarflamoqchi bo‘lsangiz, imtihonda ishtirok eting.

Batafsil ma’lumot hamda ro‘yxatdan o‘tish uchun Japanese International Universityning aloqa markazlariga ariza qoldiring.

Murojaat uchun:

Aloqa markazi: (71) 203-02-20

Instagram

Telegram

Facebook

Manzil: Samarqand shahri, Sadriddin Ayniy ko‘chasi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring