Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yashnobod tumaniga hokim tayinlandi

Yashnobod tumaniga hokim tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Tillashayxov Xodjiakbar Kamalitdinovich Yashnobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar u Yashnobod tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Tillashayxov Xodjiakbar Kamalitdinovich 1983-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2004-yili Toshkent kimyo texnologiya instituti (kunduzgi), 2009-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi), 2010-yili O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi, 2016-yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

2016-yilda «Ipak yo‘li» banki Sag‘bon filiali boshqaruvchisining o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

2016-2017-yillarda Yashnobod tumani hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring