Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaxshi tashabbus — ona pasport oladi, bola esa o‘ynaydi

Yaxshi tashabbus — ona pasport oladi, bola esa o‘ynaydi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ona pasport olish bilan band bo‘lganda, farzandlar bolalar maydonchasida o‘ynab turishadi. Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limida aynan shunday tashabbusga qo‘l urishdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Yosh bolali onalar xonama-xona yurib qiynalishlariga ko‘p guvoh bo‘lganmiz. Bolalar bir joyda o‘tirolmay tezda zerikib qolishib, ota-onalarini muhim ishdan chalg‘ita boshlashadi. Shuning uchun Yakkasaroy tumani migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari bolalar maydonchasini jihozlashga qaror qilishdi.

Endi ota-onalar pasport olish, fuqarolikni rasmiylashtirish yoki viza hamda propiska masalalarini hal etish zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bilan band bo‘lishganda, bolalar bemalol o‘z tengdoshlari bilan o‘yingohda vaqtichog‘lik qilishlari mumkin.

MvaFR bo‘limlarida yoshi katta insonlar, homilador ayollar va yosh bolali ota-onalarga navbatdan tashqari xizmat ko‘rsatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring