Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

PPX xodimi mashinasi buzilib qolgan otaxonga yordam berdi

PPX xodimi mashinasi buzilib qolgan otaxonga yordam berdi

Foto: Facebook / Maslahat.uz

Joriy yilning 16 aprel kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 16-dahada PPX xodimi oq rangli «Lasetti» avtomobili nosoz holga kelgan bir otaxonga yordam qo‘lini cho‘zdi.

«Facebook» foydalanuvchilaridan biri shunday yozadi: «Xodim mashina ichida bir nimalarni qarayotgandi. Qiziqib to‘xtadim va: «Otaxon, assalomu alaykum. Tinchlikmi? Odatda militsiya xodimlari hujjatlarni tekshirar edi, bu yerda esa mashinani ichini tekshirayapti», deb hazillashdim. Shunda otaxon: «Umridan baraka topsin bu bola. Mashinam to‘xtab qolgandi, birpasda tuzatib berdi. Qo‘li gul ekan-ku buning», deb boyagi xodimni maqtay boshladi.

Mening ham havasim kelib, militsiya xodimiga: «Shunaqa savob ishlaringiz xalq tomonidan hamisha qo‘llab-quvvatlanadi», dedim. PPX xodimining ismi Ro‘zivoy ekan. Unga mustahkam sog‘liq va ishlariga omad tilaymiz».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring