Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi aholini xavfdan ogohlantirmoqda

Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi aholini xavfdan ogohlantirmoqda

Foto: «kabar.kg»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi mamlakat aholisi hamda tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlarini yong‘in xavfidan ogohlantirmoqda.

Kunlar sovishi bilan elektr, gaz yoki boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishga ehtiyoj ortadi. Bunda e’tiborsizlik tufayli yoki nosoz, nostandart isitish moslamalarini ishlatish natijasida yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin.

Yong‘inlarning oldini olish maqsadida isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish lozim:

- qo‘lbola hamda nosoz gaz, elektr va boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanmaslik;

- isitish moslamalarini o‘rnatishda va foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiyasi va yo‘riqnomasi talablariga rioya qilish;

- isitish pechlari va mo‘rilarning sozligiga doimo e’tibor berish;

- isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormaslik;

- gaz va elektr isitish moslamalarini nazorat qilishni yosh bolalarga topshirmaslik;

- gaz uskunalarini ulash tartib-qoidalariga rioya qilish;

- tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr simlari va kabellardan foydalanmaslik.

Yong‘in boshqarmasi xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmaslik, darhol xonani shamollatish chorasini ko‘rish va bu haqda «104» telefon raqami orqali gaz xizmatiga xabar berishni ta’kidlamoqda. Yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda Yong‘in xavfsizligi xizmatining «101» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish zarur.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring