Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh shaxmatchilarimiz dunyoda tengsiz!

Yosh shaxmatchilarimiz dunyoda tengsiz!

Foto: «wyco2018.tsf.org.tr»

Turkiyaning Konya shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan bo‘lgan aql-idrok sohiblari o‘rtasida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi yakunlandi.

Kecha hamyurtlarimiz so‘nggi, to‘qqizinchi tur doirasida Xitoy terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi va 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Shu tariqa vakillarimiz 9 tur yakuniga ko‘ra oltin medalga ega chiqdilar. Shaxmatchilarimiz musobaqa davomida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Ukraina, Vengriya, Polsha, Moldova kabi terma jamoalarni mag‘lubi etishdi. Bitta turda amerikalik raqiblarga imkoniyat boy berildi.

Shaxmat Olimpiadasida yurtimiz sharafini Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov va Sitora Saparova himoya qildi.

Qayd etish lozimki, O‘zbekiston terma jamoasi avval bunday natija ko‘rsatmagan. Butunjahon shaxmat olimpiadasining mazkur oltin medali o‘zbek shaxmati tarixida dastlabkisidir.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan yosh shaxmatchilarimiz, ularning murabbiylari va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasini muborakbod etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring