Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YPX xodimiga jarohat yetkazgan avtomobil o‘g‘risi 11 yilga qamaldi

YPX xodimiga jarohat yetkazgan avtomobil o‘g‘risi 11 yilga qamaldi

Foto: «Tengrinews»

«Matiz» avtomobili olib qochilgani haqidagi xabar Toshkent shahrida bir zumda barcha YPX postlariga kelib tushdi», — deb yozmoqda Toshkent shahar IIBB axborot-multimedia markazi.

Barcha nazoratchilar qatori YPX brigadasining 3-divizioni mobil guruhi inspektori — safdor Dilshod Jo‘rayev «Nazarbek» postidan o‘tayotgan mashinalarni sinchiklab tekshirar ekan, qidiruvdagi mashinani darrov payqadi va unga to‘xtash buyrug‘ini berdi.

Biroq YPX xodimiga bo‘ysunmagan jinoyatchi tezlikni oshirib, harakatni davom ettirdi. Shunda inspektor avtomobil kapot ustiga o‘zini otadi, biroq sodir etgan jinoyatining jazosidan qo‘rqqan qonunbuzar mashina rulini turli tomonga burib, xodimdan qutilmoqchi bo‘ladi. Mashinaning qisqa burilishlari oqibatida yiqilib tushgan xodim esa tan jarohatini oldi. Jinoyatchi boshqa xizmatdoshlar tomonidan qo‘lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan, Uchtepa tuman prokuraturasi tomonidan muqaddam sudlangan, 1985-yilda tug‘ilgan Sh.Shukurga nisbatan Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan 11 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring