Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusoboddagi «Grant somsa» oshxonasida yong‘in chiqdi

Yunusoboddagi «Grant somsa» oshxonasida yong‘in chiqdi

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi oshxonada yong‘in kelib chiqdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Qayd etilishicha, 11 sentyabr kuni soat 14:36 da Yunusobod tumani Bodomzor ko‘chasida joylashgan «Grant somsa» oshxonasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar FVBning 6 ta yong‘in-o‘chirish ekipaji soat 14:39 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:02 da o‘rab olinib, soat 15:19 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida oshxonaning taxminan 150 kvadrat metr maydonida tom va shift qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring