Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zidandan navbatdagi superzarba! Bu safar futbolda emas... (video)

Zidandan navbatdagi superzarba! Bu safar futbolda emas... (video)

Foto: «Sports.ru»

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning o‘yinlarini ko‘rgan muxlislar borki, uning qoyilmaqom zarbalarini yaxshi eslaydi. Yevropa chempionlar ligasi finalida «Bayer» darvozasiga urgan goli, jahon chempionati finalida Italiya terma jamoasi himoyachisi Marko Materatssining ko‘kragiga boshi bilan yo‘llagan mashhur «zarbasi»...

Bu ro‘yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin, ammo Zidanning navbatdagi zarbasi «avvalgilarga o‘xshamas». Uning bilyard stolida namoyish etgan mahorati shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng ommalashdi.

Videotasvirda bilyard o‘ynayotgan ota-bola kutilmaganda Zidanni uchratib qolgani ko‘rinadi. O‘g‘lining «dada, qarang, Zizu» degan so‘zlaridan so‘ng ota Zidandan o‘g‘li uchun master-klass o‘tkazib berishni so‘raydi.

Zidan bitta zarba bilan yetti sharni luzaga tushiradi. O‘z davrining mohir futbolchisi va ajoyib murabbiyning bilyarddagi zarbasi futbolda urgan supergollaridan qolishmaydi. Videoni tomosha qiling va o‘zingiz ham bunga ishonch hosil qiling.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring