Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayol rahbar bor joyda adolat bo‘ladi — Prezident

Ayol rahbar bor joyda adolat bo‘ladi — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan faollar yig‘ilishida kadrlar masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

— Eng katta muammo — kadrlar masalasi. Agar rahbar odam xalqqa sal bo‘lsa ham qayishib tursa, xalq tomonida bo‘lsa, ko‘p ishlar qila olamiz. Tomoshabin bo‘lib o‘tirsa, hech narsaga erisha olmaymiz. Biz uchun chetdan birov kelib ishlab bermaydi.

Buxoroning hozirgi ko‘rsatkichlari buyuk Buxoroi sharif nomiga munosib emas. Menga turli hisobotlar berildi, ammo ko‘rsatilayotgan «foizlar» bizga manfaat olib keladigan foizlar emas. Viloyat bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarishda yana o‘sha qishloq xo‘jaligining o‘rni 50 foizdan ko‘p. Xizmat yo‘q, investitsiya yo‘q.

Shaxsan o‘zim rahbar kadrlar orasida ayollar o‘rni ko‘p bo‘lishi tarafdoriman. Ayol rahbar bor joyda adolat bo‘ladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring