Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh vazir Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi

Bosh vazir Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi

Turkmanboshi shahrida o‘tayotgan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikning joriy holati ko‘rib chiqildi.

Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumining davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, Kaspiybo‘yi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Turkmaniston prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasining forumdagi ishtirokini yuqori baholadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov Eron Islom Respublikasi birinchi vitse-prezidenti I.Jahongiriy bilan ham uchrashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring