Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreya va KXDR rahbarlari ilk bor bir-biriga qo‘ng‘iroq qildi

Janubiy Koreya va KXDR rahbarlari ilk bor bir-biriga qo‘ng‘iroq qildi

Foto:«AP»

Bugun, 20-aprel kuni Janubiy Koreya va KXDR rahbarlari Mun Chje In va Kim Chen In o‘rtasida telefon qo‘ng‘irog‘i amalga oshirildi. Bu haqda Janubiy Koreya birlashuv vazirligi e’loniga asoslanib, «TASS» xabar qilmoqda.

«To‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ng‘iroq Mun Chje In rezidensiyasi bo‘lgan Ko‘k uyni va Shimoliy Koreya davlat kengashi markaziy ofisini bog‘laydi», — deyiladi xabarda.

Avvaliga Janubiy Koreya tekshiruv qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirdi, keyin esa Shimoliy Koreya tomondan javob qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi. Telefon liniyasi soz bo‘lib, texnik muammolar yuzaga kelmagan.

Ta’kidlanishicha, 27-aprel kuni Janubiy va Shimoliy Koreya chegarasidagi demilitar hududda Mun Chje In va Kim Chen In uchrashuvi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring