Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kim Chen In yana AQSh va Janubiy Koreya prezidentlari bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

Kim Chen In yana AQSh va Janubiy Koreya prezidentlari bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

Kim Chen In — KXDR rahbari.

Foto: «RIA Novosti»

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Xitoyga tashrifi davomida yana bir bor Janubiy Koreya va AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish va ushbu mamlakat rahbarlari bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qilgan. Bu haqda «Sinxua» agentligi ma’lumotiga asoslanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

25—28-mart kunlari KXDR rahbari mamlakat yetakchisi sifatida Xitoyga o‘zining ilk bor Xitoyda bo‘lgan edi. Tashrif norasmiy maqomda bo‘lgan.

Kim Chen In, shuningdek, «Janubiy Koreya bilan munosabatlarni iliqlashtirish va ikki davlat sammitini o‘tkazish» istagini bildirgan. «KXDR AQSh bilan muzokara va ikki davlat sammitiga tayyor», — degan Kim Chen In.

Bundan tashqari, XXR raisi Si Szinpin ham oxirgi yilda Koreya yarimorolida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotganini aytgan.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring