Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: «Namnews.uz»

2016-yildan beri Mingbuloq tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Tohirjon Yo‘ldoshboyevich Rapiqov Namangan viloyati hokimining qaroriga ko‘ra, Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqida «Namnews.uz» axborot-tahliliy portali viloyat hokimligi axborot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Tohirjon Rapiqov 1974-yilda Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 1996-yili Chust tumani agroxizmat uyushmasi mutaxassisligidan boshlagan. Turli yillarda Chust tumani qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, Chust tumani statistika va hisoblash ishlari markazi bosh mutaxassisi, shu markaz boshlig‘i, Chust tumani statistika bo‘limi boshlig‘i, Chust tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Namangan viloyati hokimligining axborot-tahlil guruhi rahbari, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi vazifalarida faoliyat yuritgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring