Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oq uy shartini aytdi

Oq uy shartini aytdi

Foto: AFP

«AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR tomonidan aniq qadamlar tashlangan taqdirdagina Kim Chen In bilan uchrashadi», — deya ma’lum qildi AQSh prezidentining matbuot kotibi Sara Sanders. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Prezident KXDR tomonidan aniq qadamlar tashlangani va aniq harakatlar amalga oshirilganini ko‘rmaguncha Shimoliy Koreya rahbari bilan uchrashmaydi», — deya bayonot berdi Sanders.

Oldinroq prezident Tramp KXDR rahbari Kim Chen Inning Koreya yarimorolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish borasida muzokara o‘tkazish uchun uchrashish taklifini qabul qilgani haqida xabar bergan edik. Uchrashuv may oyiga qadar bo‘lib o‘tishi lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring