Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vaziyat sabab ogohlantirish e’lon qildi

O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vaziyat sabab ogohlantirish e’lon qildi

Tel-Avivdagi O‘zbekiston elchixonasi fuqarolarni ogohlantirdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mintaqadagi vaziyat tufayli Isroil hududida bo‘lib turgan fuqarolardan ehtiyotkorlik va xavfsizlik chora-tadbirlarini ko‘rish hamda doimiy ravishda hushyorlik zarurligini eslatdi.

"Ushbu ziddiyatli kunlarda shaxsiy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlarni oldini olish uchun zaruratsiz yashab turgan joyingizni tark etmaslikni tavsiya qilamiz", deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz,  1 aprelda Isroil kuchlari Damashqda Eron konsulligiga zarba berdi. Mazkur harakat ikki davlat o‘rtasidagi shundoq ham tarang munosabatlarni yanada keskinlashtirdi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring