Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMT mulozimi G‘azodagi bolalar bo‘yicha ayanchli faktni ochiqladi

BMT mulozimi G‘azodagi bolalar bo‘yicha ayanchli faktni ochiqladi

BMTning falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligibosh komissari Filipp Lazzarinining aytishicha, so‘nggi olti oy ichida G‘azo sektorida dunyodagi oxirgi to‘rt yildagi barcha mojarolardan ko‘proq bolalar halok bo‘ldi. Bu haqda TASS yozmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, davom etayotgan jangovar harakatlar sharoitida qurbonlarni sanash qiyin, biroq hatto Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilgan ma’lumotlar ham hayratlanarli. Falastin ma’muriyati 34 ming o‘lgan, bu dahshatli raqam, deya ta’kidladi Lazzarini. Uning aytishicha, bu qurbonlar orasida 13 ming nafar voyaga yetmaganlar ham bor.

«Biz bilamizki, olti oy ichida G‘azoda o‘lgan bolalar oxirgi to‘rt yil ichida dunyodagi barcha mojarolardan ko‘ra ko‘proq», - dedi u.

Komissarning qo‘shimcha qilishicha, qurbonlar soni «nomutanosib ravishda yuqori» bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring