Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasi birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida mamlakatimiz yetakchisi va Qozog‘istonning birinchi Prezidenti yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, qardosh mamlakatlarimiz xalqlariga tinchlik, barqarorlik va ravnaq tilaklarini izhor etdilar.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga chiqqani, shuningdek, ko‘p qirrali hamkorlik barcha ustuvor sohalarda izchil rivojlanayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter