Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi

Prezident Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi

Foto:Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun 30-yanvar kuni hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Bu xaqda O‘zA xabar bermoqda​.

Prezidentning o‘tgan yil mart oyida viloyatga tashrifi chog‘ida bergan taklif va tavsiyalari, topshiriqlari asosida yakunlangan 2018-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash omili bo‘ldi.

Viloyatda 2018-yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 7 trillion 138 milliard so‘mni, o‘sish 2017-yilga nisbatan 105 foizni tashkil etdi. Yillik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 102,1 foizga, qurilish ishlari hajmi 104,4 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 102 foizga, chakana savdo aylanmasi 107,4 foizga, xizmatlar hajmi 113,3 foizga oshdi.

O‘tgan yili viloyatda 10 million 113 ming dollarlik sanoat va 34 million 504 ming dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari, jami 44 million 617 ming dollar mahsulot eksport qilindi. Natijada eksport hajmi 2017 yilga nisbatan 9,5 million dollarga yoki 127 foizga oshdi.

2018-yilda viloyatda 43 ta yangi qo‘shma va xorijiy korxonalar ro‘yxatdan o‘tkazilib, ular soni 120 taga yetdi.

O‘tgan yili viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 2 trillion 737 milliard so‘mlik to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi natijasida 395 ta loyiha amalga oshirildi. Bu sohada o‘sish 232 foizni tashkil etdi.

Davlatimiz rahbari o‘tgan yilgi tashrifi chog‘ida hududda yetishtirilgan paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash bo‘yicha bergan topshiriqlari asosida viloyatda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadida umumiy qiymati 27,1 million dollar, jumladan, 8 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy nivestitsiya bo‘lgan 19 ta loyiha amalga oshirilib, 1 ming 420 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Zarbdor tumanida «Zarbdor tekstil», Yangiobod tumanida «Balandchaqir tekstil», Paxtakor tumanida «Paxtakor Teks», Mirzacho‘l tumanida «Mirzacho‘l Teks», «Mirzacho‘l tikuvchilik», Jizzax shahrida «Jizzax tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan ip- kalava, tayyor kiyimlar ishlab chiqarish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirildi.

Ayni paytda viloyatda 312 ta to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari faoliyat olib bormoqda. O‘tgan yili viloyatda yetishtirilgan 180 ming tonna paxta xomashyosi hududdagi 5 ta paxta tozalash korxonasi tomonidan 100 foiz qayta ishlanib, 60 ming tonna tola olinishi rejalashtirilgan.

Olingan 60 ming tonna paxta tolasining 23,1 ming tonnasi – 38,5 foizi qayta ishlanishi natijasida 20,5 ming tonna ip-kalava mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Iqtisodiyotning rivojlanishi ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammolarni hal etish, aholining talab va ehtiyojlarini to‘laroq qondirish imkoniyatini yaratmoqda. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, maktab va maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilayotir. «Obod qishloq», «Obod mahalla», «Yoshlar kelajagimiz», «Har bir oila tadbirkor» dasturlarini amalga oshirish ustida izchil ish olib borilmoqda.

Prezidentmizning 2019-yil 3-yanvardagi «Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish to‘g‘risida»gi farmonida 2019 yil 1 martdan boshlab «Ilg‘or hudud» sinov loyihasi doirasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish sohasini tahlil qilish va baholash, hududni jadal rivojlantirish uchun ilg‘or qarorlarni aniqlash belgilangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring