Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Namangandagi xalqaro forumda so‘zga chiqdi

Prezident Namangandagi xalqaro forumda so‘zga chiqdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida 30 dan ortiq nufuzli tashkilot va 200 ga yaqin xalqaro ekspertlar ishtirokidagi «Kambag‘allikdan farovonlik sari» xalqaro forumining ochilishida nutq so‘zlamoqda.

O‘zbekiston rahbari mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha uchinchi bor o‘tkazilayotgan xalqaro anjuman ishtirokchilarini samimiy qutladi. Tadbirda ishtirok etayotgan Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Al-Jassir, Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Inmin Yang, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bosh vitse-prezidenti Sachiko Imoto; Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Kaxa Imnadze, Jahon bankining kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha global direktori Luis Felipe Lopez-Kalva va barcha mehmonlarga minnatdorlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev insoniyat oqibatini oldindan aytib bo‘lmaydigan o‘ta keskin va murakkab davrni boshidan kechirayotganini qayd etdi. Dunyoda geosiyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy beqarorlik tobora ortib bormoqda. Yer yuzida kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishlari, suv tanqisligi va pandemiyalar tufayli og‘ir va mashaqqatli sinovlar paydo bo‘lmoqda.

2015-yildan buyon global iqtisodiy o‘sish sur’ati o‘rtacha 3 foizni tashkil etib, oldingi o‘n yillikka nisbatan sekinlashdi. Oqibatda, agar besh yil oldin dunyoda 650 million aholi kambag‘allikda yashagan bo‘lsa, bugun ularning soni 800 milliondan oshdi.

«Bu holat barcha davlatlar, xalqaro tashkilotlar, umuman, dunyo hamjamiyati oldiga yangi va dolzarb vazifalarni qo‘yib, ularga yechim topish bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilishni taqozo etmoqda», — Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring