Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik tashrif bilan Qozog‘istonga boradi

Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik tashrif bilan Qozog‘istonga boradi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 2018-yil 5-6-iyul kunlari Ostona shahrining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etadi.

O‘zA saytining xabariga ko‘ra, davlat rahbarining Qozog‘istonga tashrifi doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev oxirgi marta 2018-yil 15-mart kuni Qozog‘istonga borgan va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvida ishtirok etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring