Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev jahon chempionatining ochilish uchrashuvida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev jahon chempionatining ochilish uchrashuvida ishtirok etadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ertaga Moskvada o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish uchrashuvida ishtirok etadigan davlat rahbarlari nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Meduza» yozmoqda.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning jurnalistlarga xabar berishicha, «Lujniki»ga 17 mamlakat rahbari, shu jumladan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham tashrif buyuradi.

Ochilish o‘yiniga keladigan davlat rahbarlari orasida, shuningdek, Qozog‘iston, Armaniston, Tojikiston prezidentlari ham bor.

Bundan tashqari, Abxaziya va Janubiy Osetiya kabi tan olinmagan mamlakat rahbarlari ham nufuzli musobaqa ochilishida ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring