Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev kimlarni Navro‘z bilan tabrikladi?

Shavkat Mirziyoyev kimlarni Navro‘z bilan tabrikladi?

Foto: «President.uz»

Navro‘z bayrami munosabati bilan sayyoramizning bir qancha mamlakatlari rahbarlari, davlat va din arboblaridan Shavkat Mirziyoyev nomiga tabriknomalar kelgani haqida xabar bergan edik.

Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Navro‘z munosabati bilan ushbu bayramni nishonlaydigan mamlakatlarga ezgu tilaklari bitilgan nomalar yuyubordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev 21-mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn, Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumati Ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozodaga o‘z tabriklarini yo‘lladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring