Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Osiyoda «Yil odami» deb topildi

Shavkat Mirziyoyev Osiyoda «Yil odami» deb topildi

Foto:«Institute for War and Peace Reporting»

Osiyo jurnalistlari assotsiatsiyasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni siyosiy yo‘nalishda  «Yil odami» deb e’lon qildi.

Assotsiatsiyaning qayd etishicha, Shavkat Mirziyoyev 2016-yil dekabrda O‘zbekiston prezidenti bo‘lganidan boshlab Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida tinchlik o‘rnatish va aloqalarni davom ettirishga harakat qilmoqda. Shuningdek, inson huquqlari, iqtisodiy islohotlar, ochiq siyosat yuritish va siyosiy mahbuslarni ozod etish bo‘yicha qilgan islohotlari alohida ta’kidlangan.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2019-yilning bahorida assotsiatsiya bosh assambleyasida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring