Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIV rahbari Polshaning yangi elchisini qabul qildi

TIV rahbari Polshaning yangi elchisini qabul qildi

25-may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Polshaning Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Radoslav Grukni qabul qildi.

Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, elchini mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va O‘zbekiston-Polsha hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Muloqot chog‘ida ochiq va konstruktiv ikki tomonlama siyosiy muloqotni davom ettirishning muhimligi qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan turli darajalarda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlarning tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring