Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tolibon» Toshkentda ofis ochadimi? Rus OAV inkor etmoqda

«Tolibon» Toshkentda ofis ochadimi? Rus OAV inkor etmoqda

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi «Tolibon» harakatining Toshkentda siyosiy ofis ochishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etgan. Bu haqda «RIA Novosti» agentligi xabar bermoqda.

Tolibon harakati Toshkentda o‘z ofisini ochayotgani, bu orqali Tolibon harakati O‘zbekiston bilan aloqalarni rivojlantirmoqchi bo‘layotgani haqida avval xabar bergan edik.

«Bu masala muhokama qilinmaydi. Hech qanday ofis ochilmaydi», degan «RIA Novosti»ning O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidagi manbasi.

Hozircha rasmiy Toshkent va Ichki ishlar vazirligi bu haqda biror bayonot berganicha yo‘q. Ular faqat ushbu harakat delegatsiyasi poytaxtda 3 kun turib ketganini yozishgan xolos.

Eslatib o‘tamiz, 7-10-avgust kunlari Doha (Qatar) shahrida joylashgan Tolibon harakati siyosiy idorasi rahbari Sher Muhammad Abbas Stanikzay boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida muzokaralar o‘tkazgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring