Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yoshlar ittifoqining sudga kafolat xati kimlarga beriladi?

Yoshlar ittifoqining sudga kafolat xati kimlarga beriladi?

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati.

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi, Prezidentning davlat maslahatchisi Qahramon Quronboyev ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda saytimiz muxbiri ham ishtirok etdi.

Qahramon Quronboyevning bildirishicha, shu kunga qadar Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi kafilligida 175 nafar yoshlar sud zalidan ozod qilinishiga erishilgan.

— O‘zbekiston Yoshlar ittifoqiga kafillik asosida sud zalidan ozod qilish uchun ma’lum bir limit berilganmi yoki ittifoq vaziyatga ko‘ra kafolat xati taqdim etaveradimi-, degan savolga kengash raisi quyidagicha javob berdi:

— Avvalo sud zalidan ozod qilish imkoniyatini beruvchi kafolat xati juda katta imtiyoz, ishonch ekanligini eslatib o‘tishim lozim. Buni aslo suiste’mol qilib bo‘lmaydi! Shuning uchun har bir kafolat xati ittifoq markaziy kengashining bevosita nazoratida beriladi. Biz bu kafolatni og‘ir jinoyat qilganlarga, to‘g‘ri yo‘lga qaytmaganlarga va turli oqimlarga kirib qolib, haq yo‘lni yo‘qotganlarga bermaymiz.

Tan olishim kerak — mana shu kafolat xatini so‘rab turli hududlardan kelgan va hatto shu imtiyoz orqali jazodan qutilib qolish uchun qonunga zid takliflar qilganlar ham bo‘ldi. Biz ularga kerakli javobni berdik.

Endi kafolat xati orqali jazodan qutilib qolganlar taqdiriga kelsak — biz bu yoshlarimizning har biri bilan alohida ishlayapmiz. Ularni doimiy ish bilan ta’minlayapmiz va muntazam aloqada bo‘lib turibmiz. Eng muhimi — ularning yana jinoyat yo‘liga qaytishining oldini olib, jamiyatga kerakli inson bo‘lib tarbiyalanishi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring