Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonov prezidentlikka qayta saylandi

Alisher Usmonov prezidentlikka qayta saylandi

Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining Kongressi o‘tkazildi.

Kongress kun tartibidagi asosiy masala – tashkilotga yangi Olimpiada sikli uchun rahbar saylash edi. Unda amaldagi prezident Alisher Usmonov g‘alaba qozonib, tashkilotdagi boshqaruvini davom ettiradigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov 2008 yildan beri Xalqaro qilichbozlik federatsiyasini boshqarib kelmoqda.

Saylov yakunlariga ko‘ra hamyurtlarimiz ham tashkilotning bir qator bo‘limlari tarkibiy qismiga kirishdi. Jumladan, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova targ‘ibot qo‘mitasi, Tokio-2020 Olimpiadasida referilik qilgan Aida Hasanova hakamlar qo‘mitasi tarkibiga kiritildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring