Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» «Real»ni Ispaniya Kubogidan chiqarib yubordi (video)

«Barselona» «Real»ni Ispaniya Kubogidan chiqarib yubordi (video)

Foto: «FCBarcelona_es»

Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida «Real» va «Barselona» jamoalari o‘rtasida javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Dastlabki o‘yinda «Kamp Nou»da 1:1 natijasi qayd etilgan edi.

Madridda o‘tgan bahsda kataloniyaliklar «Real» darvozasiga javobsiz uchta gol urdi. Gollardan ikkitasiga Luis Suares mualliflik qilgan bo‘lsa, yana bitta golni Rafael Varan o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.

Shu tariqa «Barselona» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra azaliy raqibidan ustun kelib, 6 bor ketma-ket Ispaniya Kubogi finaliga chiqdi.

«Real»—«Barselona» 3:1

Gollar: 0:1 – 50 Suares, 0:2 – 69, avtogol Varan, 0:3 – 73, penalti Suares.

Real Madrid – Navas, Varan, Regilon, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro (Valverde, 75), Vaskes (Beyl, 68), Kroos, Vinisius Junior (Asensio, 81), Benzema.

«Barselona» – ter Shtegen, Langle, Pike, Alba, Serji Roberto, Rakitich, Buskets (Artur, 86), Dembele (Koutino, 75), Nelson Semedu, Messi, Suares (Vidal, 78).

Ogohlantirishlar: Vaskes (58), Buskets (65), Kazemiro (72), Nelson Semedu (81).

Ispaniya Kubogining ikkinchi finalchisi nomi bugun «Valensiya» — «Betis» o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Jamoalarning dastlabki bahsida 2:2 natijasi qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring