Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barselona» sardori kutilmaganda futbol bilan xayrlashdi (foto)

«Barselona» sardori kutilmaganda futbol bilan xayrlashdi (foto)

Faoliyati davomida o‘zi qatnashgan deyarli barcha turnirlarda sovrinlarni qo‘lga kiritgan Jerar Pike futbol bilan xayrlashdi.

«Kamp Nou»da «Almeriya»ga qarshi o‘yin (2-0) u uchun so‘nggisi bo‘ldi.

Uchrashuvdan keyin uni butun stadion, jamoadoshlari olqishlar bilan kuzatib qo‘yishdi. Pike esa ko‘z yoshlarini tiya olmadi.

«Ishonchim komilki, kelajakda yana shu yerda bo‘laman. Bu xayrlashuv emas. Ko‘p yillar oldin ketgandim va keyin qaytib keldim. Shu yerda tug‘ilganman, shu yerda o‘laman. Yashasin Barca!» — dedi 35 yoshli himoyachi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring