Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boks. Mirazizbek Mirzahalilov ham Osiyo chempioni bo‘ldi

Boks. Mirazizbek Mirzahalilov ham Osiyo chempioni bo‘ldi

Foto: «SPORTS.uz»

Tailand poytaxti Bangkok shahrida havaskor bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final janglari bo‘lib o‘tmoqda.

Dastlabki jangda O‘zbekiston jamoasining -49 kg vazn toifasidagi vakili Nodirjon Mirzaahmedov hindistonlik Dipakni hakamlarning baholariga ko‘ra mag‘lub etdi va Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘lgandi.

O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan -56 kg vazn toifasi vakili Mirazizbek Mirzahalilov finalda hindistonlik Kavinder Singh Bishtga qarshi ringga chiqdi. Yakunda hakamlarning bir ovozdan bergan baholariga ko‘ra, Mirazizbek oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Bugun yana uch nafar bokschimiz final janglarini o‘tkazadi.

-69 kg: Bobo Usmon Baturov (O‘zbekiston) – Sevonrets Okazava (Yaponiya)

-91 kg: Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Xyong Kyu Kim (Janubiy Koreya)

+91 kg: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Qamshibek Konkabayev (Qozog‘iston).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring