Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boks. O‘zbekiston termasi yana uchta oltinni qo‘lga kiritdi

Boks. O‘zbekiston termasi yana uchta oltinni qo‘lga kiritdi

Bokschilarning Liverpulda yakunlanayotgan jahon chempionatida bugungi dasturdan o‘rin olgan final janglari boshlandi. Dastlab, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-65 kg) ringga ko‘tarildi. 

Braziliyalik Yuri dos Reisga qarshi bahs olib borgan hamyurtimiz ajoyib g‘alabaga erishib, faoliyatida ikkinchi bor jahon chempionligiga erishdi.

20 yoshli bokschimiz Javohir Ummataliyev (-80 kg) ham jahon chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Fransiyalik Yojerlan Sezar bilan bahs olib borgan Ummataliyev kuchli va aniq zarbalari oldida raqibini ojiz qoldirib, ushbu vaznda tengsiz ekanini isbotladi.

To‘rabek Habibullayev ham jahon chempionligiga erishdi. Boks bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoamiz to‘rtinchi oltin medalni rasmiylashtirdi. -90 kg vazn toifasining finalida braziliyalik Isays Ribeyroga qarshi ringga ko‘tatilgan Habibullayev munosib g‘alabaga erishdi va oltin medalga ega chiqdi.

Avvalroq Murodjon Ahmadaliyev professional jangda yaponiyalar raqibiga imkoniyatni boy bergandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring