Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bu yilgi JChda har qachongidan ko‘p pul mukofoti beriladi

Bu yilgi JChda har qachongidan ko‘p pul mukofoti beriladi

25 oktyabrdan 6 noyabrgacha Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Ushbu musobaqa sovrin jamg‘armasi har qachongidan yuqori etib belgilandi. Oltin medal egalariga 100 ming, kumush uchun 50 ming va bronza medaliga 25 ming dollar miqdorida pul mukofoti beriladi.

Shuningdek, jahon chempionati g‘oliblariga chempionlik kamari ham topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jahon chempionati UZREPORT TVda namoyish qilinadi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi barcha 13 ta vazn toifasidagi bokschilar bilan qatnashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring