Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun bokschilarimiz final yo‘llanmasi uchun jang qilishadi

Bugun bokschilarimiz final yo‘llanmasi uchun jang qilishadi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Bugun Tailand poytaxtida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bellashuvlari davom ettiriladi. Bir kunlik tanaffusdan so‘ng musobaqaning yarim final bellashuvlariga start beriladi.

Terma jamoamizning 9 nafar vakili ushbu bosqichga yetib kelgan. Bugun ular final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarilishadi. Hamyurtlarimizning raqiblari bilan tanishing:

Kunduzgi dastur, 12:00dan so‘ng:

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Mirlan Turkbai Uulu (Qirg‘iziston)

-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Pedres Bautista (Filippin)

-91 kg: Sanjar Tursunov – Hussayn Iashaish (Iordaniya)

-69 kg: Shahnoza Yunusova – Xong Gu (Xitoy)

Kechki dastur, 16:00dan so‘ng:

-60 kg: Shukurjon Rahimov – Tsendbaatar Yerdenebat (Mo‘g‘uliston)

-69 kg: Bobousmon Baturov – Ashish (Hindiston)

+91 kg: Bahodir Jalolov – Muhammad Mulayes (Suriya)

-57 kg: Yodgoroy Mirzayeva – Yu Ting Lin (Xitoy Taypeyi)

-64 kg: Maftuna Meliyeva – Kaur Baat (Hindiston)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring