Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diyor Imomxo‘jayev rasman O‘zPFL bosh direktori v.b. etib tayinlandi

Diyor Imomxo‘jayev rasman O‘zPFL bosh direktori v.b. etib tayinlandi

Avvalroq Diyor Imomxo‘jayev PFL direktori bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar qilingan edi. Ushbu tayinlov rasman tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Davron Shoqurbonov joriy yil 25 may kunidan o‘z arizasiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Shu sababli, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti A.Azizovning taqdimiga binoan Diyor Imomxo‘jayev O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring