Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeChL. 1/8 final: qur’a tashlanishiga sanoqli soatlar qoldi — qoidalar qanday?

YeChL. 1/8 final: qur’a tashlanishiga sanoqli soatlar qoldi — qoidalar qanday?

Foto: «Eurosport»

Bugun, 14-dekabr kuni UEFAning Nyon (Shveysariya)dagi shtab-kvartirasida Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finali juftliklarini aniqlashga bag‘ishlangan qur’a tashlash marosimi boshlanadi.

Marosimni «Futbol TV» telekanali jonli efirda namoyish etishni rejalashtirgan.

Avval xabar berganimizdek, 16 jamoa guruhdan chiqqan (birinchi va ikkinchi o‘rinlar egalari). O‘z navbatida, ular ikki savatga taqsimlangan: guruh g‘oliblari va ikkinchi o‘rin sohiblari.

Bir mamlakat va bir guruhdan chiqqan jamoalar bu bosqichda bir-biriga to‘qnash kelmaydi. O‘zaro to‘qnashuvlar (bir mamlakat vakillari yoki bir guruhga tushganlar) faqat chorak finaldan va uyog‘iga boshlanadi.

O‘z guruhlari g‘oliblarida kichik ustunlik bor: javob o‘yinlarini o‘z maydonlarida o‘tkazishadi.

SAVATLAR

Birinchi:

  • «Bavariya» (A guruhi)
  • «Real» (V guruhi)
  • «Manchester Siti» (S guruhi)
  • «Liverpul» (D guruhi)
  • «Chelsi» (E guruhi)
  • «Borussiya» Dortmund (F guruhi)
  • «Yuventus» (G guruhi)
  • «PSJ» (H guruhi)

Ikkinchi:

  • «Atletiko» (A guruhi)
  • «Borussiya» Myonxengladbax (V guruhi)
  • «Portu» (S guruhi)
  • «Atalanta» (D guruhi)
  • «Sevilya» (E guruhi)
  • «Latsio» (F guruhi)
  • «Barselona» (G guruhi)
  • «RB Leypsig» (H guruhi)

O‘yinlar qachon?

1/8 finalning ilk o‘yinlari 16/17/23/24 fevral, javob o‘yinlari 9/10/16/17 mart kunlari o‘tkaziladi. 19 mart kuni 1/4 hamda 1/2 finalga qur’a tashlanadi.

Eslatib o‘tamiz, YeChLning amaldagi chempioni — «Bavariya» (Germaniya).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring