FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Janni Infantino O‘zbekiston futbolini rivojlantirishni muhokama qilish, Milliy futbol markazi bilan tanishish va “CAFA Nations Cup 2025” finalini stadiondan tomosha qilishni rejalashtirgan.
FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirishga doir loyihalarni muhokama qilish, Milliy futbol markazi bilan yaqindan tanishish uchun mamlakatga keldi, deya xabar berdi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
Infantino “CAFA Nations Cup 2025” musobaqasining Toshkentdagi final uchrashuvini ham stadiondan kuzatadi.
FIFA delegatsiyasini Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov va rasmiylar kutib olishdi.
Bugun soat 19:30 da Toshkentdagi yangi “Olimpik” stadionida final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi “oltin” medal uchun Eronga qarshi maydonga tushadi.
Shu kuni uchinchi o‘rin uchun bahsda O‘mon va Hindiston termalari o‘zaro kuch sinashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter