Islombek Ismoilov endi «Neftchi»ni boshqaradi
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini Osiyo chempionligiga olib chiqqan hamda Jahon chempionati nimchorak finaliga qadar yetib borgan murabbiy – Islombek Ismoilov «Neftchi» PFKning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
«Neftchi» FK ma’muriyati jamoaning kelgusi mavsumdagi asosiy vazifalari bilan ham tanishtirdi. Unga ko‘ra, chempionlikni saqlab qolish va mustahkamlash, Osiyo Chempionlar Ligasi elit bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etish hamda jamoaning raqobatbardosh va uzluksiz rivojini ta’minlash jamoaning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy vazifalari hisoblanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter