Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Madrimov ilk jangdayoq raqibini nokautga uchratib, chempionlik kamariga ega bo‘ldi

Isroil Madrimov ilk jangdayoq raqibini nokautga uchratib, chempionlik kamariga ega bo‘ldi

Foto: «olympic.uz»

Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Isroil Madrimov bugun, 25 noyabr kuni professional ringdagi debyut jangini o‘tkazdi. Hamyurtimiz professional boksdagi ilk jangida meksikalik Vladimir Ernandesga qarshi ringga chiqdi.

10 raundga mo‘ljallangan jang oltinchi raundda yakuniga yetdi. Hamyurtimiz o‘zining ketma-ket zarbalari evaziga raqibini nokautga uchratdi va prof boksdagi faoliyatini g‘alaba bilan boshladi. Bokschimiz ushbu g‘alaba orqali debyut jangidayoq «WBA Intercontinental» kamariga ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, meksikalik Viktor Ernandesning prof boksda o‘tkazgan janglari 13 taga yetdi. U janglarining 10 tasida g‘alaba qozongan. Oltita jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Madrimovga qarshi jangda u uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring