Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon chempionatining sovrin jamg‘armasi e’lon qilindi

Jahon chempionatining sovrin jamg‘armasi e’lon qilindi

25-30 dekabr kunlari Samarqand shahrida shaxmat bo‘yicha blits va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha ilk jahon chempionati 2017 yil 25-31 dekabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida, V jahon chempionati esa 2022 yil 25-31 dekabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan.

Samarqandda o‘tadigan VI jahon chempionatining sovrin jamg‘armasi 1 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Jahon chempionatida dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turgan grossmeysterlar —  Magnus Karlsen, Daniil Dubov, Nodirbek Abdusattarov, Gukesh Dommaradju, Vinsent Kaymer, Shaxriyar Mamedyarov, Yan-Kshishtov Duda, Yu Yan’i, Maksim Vashe-Lagrav, Levon Aronyanlarning ishtirok etishi kutilmoqda.

Chempionat ochilish marosimi 25 dekabr kuni o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring