Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2018. Belgiya kutilganidek yirik g‘alaba bilan boshladi

JCh-2018. Belgiya kutilganidek yirik g‘alaba bilan boshladi

JCh-2018 G guruhi birinchi turida Belgiya terma jamoasi Sochida Panama bilan to‘qnash keldi. O‘yinda, kutilganidek, Belgiya ustulikka ega bo‘lib, yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi.

O‘yinning birinchi bo‘limida gol kiritilmagan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limning startida Mertens supergol bilan hisobni ochdi. Goldan ruhlangan Belgiya terma jamoasi futbolchilari oldinga yurishda davom etdi. 69- va 75-daqiqalarda Romelu Lukaku dubl qayd etib, yakuniy hisobni ta’minladi.

Ushbu o‘yinda kutilganidek Belgiya katta ustunlikka ega bo‘ldi va favoritlar qatorida ekanligini isbotlay oldi.

JCh-2018, G guruhi

Belgiya – Panama 3:0 (0:0, 3:0)

Gollar: 1:0 – 47 Mertens, 2:0 – 69 Lukaku, 3:0 – 75 Lukaku.

Belgiya: Kurtua, Boyata, Vertongen, Mene, Alderveyreld, de Bryuyne, Ferreyra Karrasko (Dembele, 74), Vitsel (Shadli, 90), Azar, Mertens (Azar, 83), Lukaku.

Panama: Penedo, Torres, Devis, Murilo, Eskobar, Godoy, Gomes, Kuper, Barsenas (Torres, 63), Rodriges (Dias, 63), Peres (Texada, 73).

Ogohlantirishlar: Mene (14), Devis (18), Barsenas (45), Kuper (49), Murilo (51), Godoy (57), Vertongen (59), de Bryuyne (88).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring