Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018 ning eng esda qolarli uch lahzasi

JCh-2018 ning eng esda qolarli uch lahzasi

Foto: «RIA Novosti»

FIFAning «Tvitter»dagi akkauntida futbol muxlislari Rossiyada yozda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining eng yorqin lahzalariga ovoz berishdi.

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya darvozasiga kiritgan xet-trek jahon chempionatining eng esda qolarli voqeasi deb topildi. Buning uchun 50 foiz muxlislar ovoz berishdi.

Germaniya terma jamoasi o‘yinchisi Toni Kroosning shvedlar darvozasiga o‘yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganda jarimadan urgan chiroyli va g‘alaba keltirgan goliga 24 foiz muxlis ovoz berdi — ikkinchi o‘rin.

Urugvaylik Edinson Kavani Portugaliyaga qarshi 1/8 final o‘yinida qayd etgan dubl muxlislarning 19 foiziga yoqdi — uchinchi o‘rin.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring