Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jismoniy tarbiya va sport vaziri tayinlandi

Jismoniy tarbiya va sport vaziri tayinlandi

Foto: XKP

Nabiyev Dilmurod Hamidullayevich O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlandi. Bu haqda vazirlikdagi manbaga tayanib «Xalq so‘zi» xabar berdi.

Nabiyev bundan biroz muddat avval lavozimini tark etgan Shoakrom Isroilov o‘rnini egallaydigan bo‘ldi.

Dilmurod Nabiyev 2017-yilning iyunidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgandi. Bungacha esa u 2014-2016-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi o‘rinbosari 2016-2017-yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosat masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevralida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov lavozimni tark etib, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining sobiq rektori, O‘FFning sobiq vitse-prezidenti Shoakrom Isroilov uning o‘rnini egallagan, mart oyi boshida qo‘mita negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilgan, Isroilov vazirlikning birinchi rahbari bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring